AsosiyJamiyat

Andijonda harbiy xizmatchilar oila a`zolarining 40 nafariga ishga joylashish uchun yo`llanma berildi

'Andijonda harbiy xizmatchilar oila a`zolarining 40 nafariga ishga joylashish uchun yo`llanma berildi'ning rasmi

Andijon shahrida joylashgan harbiy qismlardan birida Sharqiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi, Andijon harbiy prokuraturasi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi.

Unda Andijon shahridagi mulkchilik shakli turlicha bo`lgan 45 ta tashkilot 1000 dan ziyod bo`sh ish o`rni bilan ishtirok etdi.

Andijon garnizonida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilari oila a`zolari hamda harbiy pensionerlarni ijtimoiy himoyasini ta`minlash borasida olib borilayotgan ishlarni davom ettirish, ularni ish bilan ta`minlash maqsadida mehnat bilan band bo`lmagan fuqarolarni o`z mutaxassisliklari bo`yicha ishga joylashtirish yuzasidan o`tkazilgan yarmarkada Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, shuningdek, viloyat davlat idoralari rahbarlari qatnashdi.

Yarmarka davomida harbiy xizmatchilar oila a`zolarining 40 nafari o`zlariga ma`qul bo`lgan ishga joylashish uchun yo`llanma oldi.

Bundan tashqari, Andijon garnizonida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining oila a`zolari bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o`tkazilib, fuqarolarning mavjud muammolari ham o`rganib chiqildi.

Shuningdek, bu kabi yarmarka bugun, 11 dekabr kuni Mudofaa vazirligi Ma`naviyat va ma`rifat markazida ham o`tkazildi. Toshkent shahrining 3 ta tumani bo`yicha tashkil etilgan yarmarkada jami 150 ga yaqin harbiy xizmatchilarning oilalari ishtirok etdi.

30 dan ortiq davlat tashkilotlari o`zlarining bo`sh ish o`rinlari bilan qatnashgan yarmarka yakunida 60 nafarga yaqin harbiy xizmatchilarning oila a`zolariga yo`llanmalar taqdim etildi.

Bu turdagi mehnat yarmarkalari respublikaning barcha hududlari bo`ylab o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar