Misr poytaxti Qohira shahrida og`ir atletika bo`yicha qizlar o`rtasida xalqaro turnir o`tkazilayotganligi haqida xababar berib o`tgandik. Bungacha musobaqada -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Muattar Nabieva mutloq g`oliblikni qo`lga kiritib, uchta oltin medalga ega chiqqandi.
Terma jamoamizga navbatdagi medalni -76 kg vazn toifasida supachaga ko`tarilgan Tursunoy Jabborova taqdim etdi. Sportchimiz dast ko`tarish bahslarida 94 kg. toshni o`ziga bo`ysundirdi va bronza medali egasiga aylandi. Siltab ko`tarish va ikkikurash yakunlariga ko`ra u to`rtinchi natijani qayd etdi.







