Tatariston Respublikasining Qozon shahrida belbog`li kurash sport turi bo`yicha 2001-2003 yillari tug`ilgan o`smirlar o`rtasida Jahon chempionati o`tkazildi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.
Dunyoning 31 davlatidan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etgan musobaqada yurtimiz sharafini Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabining 5 nafar kurashchi qizlari himoya qilishdi.
Kurash qizlarimizdan Ulmeken Uzaqbergenova (52 kg) barcha raqiblarini mag`lub etib, jahon chempionligini qo`lga kiritgan bo`lsa, Bibigavxar Polatbaeva va Jamila Xojaxmetova (63 kg) kumush medal, Gulimxan Orinbaeva (44 kg) bronza medali sohibi bo`lishdi.






