1

Samarqand shahrida badiiy gimnastika bo`yicha O`zbekiston Kubogi yakuniga etdi

Sport 27.10.2014, 18:05
Samarqand shahrida badiiy gimnastika bo`yicha O`zbekiston Kubogi yakuniga etdi

O`zbekiston Respublikasining turli viloyatlaridan kelgan badiiy gimnastikachilar Samarqand shahrida O`zbekiston Kubogi uchun bahs olib bordi. Bu haqda Sports.uz xabar bermoqda.

Badiiy gimnastikachilar Sport ustasi va Sport ustaligiga nomzod dasturlari uchun bahslarda ishtirok etdi. To`rtta yo`nalish — tasma, halqa, to`p va bulava bahslarida poytaxtlik gimnastikachilar shohsupaga ko`tarildi.

Halqa va tasmada mashq qilish yo`nalishlarida Farxutdinova Ravilya birinchilikni qo`lga kiritdi. Saidxonova Komila to`pdagi mashqlarda tengsiz deb topilgan bo`lsa, bulava mashqida Yusupova Jasmin barchadan ustun keldi.

Sport ustaligiga nomzod dasturida mezbon gimnastikachi Usmonova Nuriniso halqa va to`p bilan o`tkaziladigan mashqlar g`olibasi deb topildi. Shu dasturning bulava va tasma mashqlarida esa toshkentlik Kisilyova Aleksiya va Abduvohidova Diana birinchilikni qo`lga kiritdi.

Ko`pkurash bahslarida Sport ustasi dasturida Farxutdinova Ravilya, Sport ustaligiga nomzod dasturida esa Toshkenboeva Sabina barcha raqiblaridan ustun keldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1