Vengriya poytaxti Budapeshtda parlament binosi oldida 2 mingdan ortiq aholi ishtirokida namoyish bo`lib o`tmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Gap shundaki, “Fidokorlar” partiyasi deputatlari tomonidan Mehnat qonuniga o`zgartirishlar kiritilgan edi. Uning mohiyatiga ko`ra, ish beruvchining huquqlari xodimlarnikidan kengroq bo`ladi. Aksiya ishtirokchilari esa buni xodimlar huquqining poymol qilinishi deb hisoblashmoqda. Namoyish ishtirokchilari buni qullik qonuni deb atashgan. Namoyishchilarni Kasaba uyushmalari ham qo`llab-quvvatlamoqda.






