Fransiyaning Strasburg shahrida sodir etilgan otishmadan so`ng Parij polisiyasi jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxsning suratlarini va u haqidagi ma`lumotlarni e`lon qildi, deb xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Shahar markazidagi otishmada gumon qilinayotgan shaxs 29 yoshli Elzas Sherif Shekkat ismli yigit bo`lib, uning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilindi. Uni qo`lga olish uchun 700 dan ortiq polisiya jalb qilingan. U anchadan beri huquq-tartibot organlari tomonidan qidirilayotgani ma`lum bo`ldi. Gumondorning harakatlari esa terrorchilik harakati deb baholanmoqda.






