Italiyaning Milan shahrida o`ziga xos ko`kalamzor turar joy binosi barpo etildi, deya xabar qilmoqda Segodnya nashri.
Arxitektor Stefano Boeri tomonidan yaratilgan shahar markazidagi ushbu bino havo sifatini yaxshilash uchun mo`ljallangan. Uning har bir qavatida o`simliklar va hattoki, daraxt o`stirish mumkin. Ko`kalamzor inshoot atrofga ham soya beradi. Milanda 2030 yilga kelib 3 million daraxt ekish rejalashtirilgan. Arxitektor Boeri maktab, kasalxona, bolalar bog`chasi va boshqa turdagi binolarni qurishda ham ushbu loyihadan foydalanishni ta`kidlamoqda.






