1

Penchak silat bo`yicha “O`zbekiston open – 2014” xalqaro turniri boshlandi

Sport 28.10.2014, 08:30
Penchak silat bo`yicha “O`zbekiston open – 2014” xalqaro turniri boshlandi

PoytaxtimizdagiO`zbekistonsport majmuasida bolalar, o`smirlar, xotin-qizlar va kattalar o`rtasida penchak silat bo`yichaO`zbekiston open – 2014” xalqaro turniri boshlandi, deya xabar beradi O`zA.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda navqiron avlodni har tomonlama sog`lom va barkamol voyaga etkazish borasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda sportning barcha turlari qatori sharq yakkakurashlarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish, mahoratli sport ustalarini tarbiyalashga alohida e`tibor qaratilmoqda.
O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sharq yakkakurashlari va jang san`atlarini rivojlantirish markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi va penchak silat federasiyasi tomonidan ikkinchi marotaba o`tkazilayotgan ushbu musobaqada hamyurtlarimiz bilan birga Malayziya, Singapur, Rossiya, Ozarbayjon, Ukraina, Turkmaniston Qozog`iston va Qirg`izistondan kelgan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Xalqaro turnirda sportchilar penchak silatning ikki yo`nalishi – kompleks mashq bajarish va yakkama-yakka bellashuv bo`yicha o`zaro kuch sinashmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1