Ukraina hukumati NATOdan Qora dengizga kuzatuvchi missiya yuborishini so`ramoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Bu haqda mamlakat rahbari Pyotr Poroshenko Ittifoq bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashuv chog`ida ta`kidlagan. Prezident Poroshenkoning so`zlariga ko`ra, bu kuzatuv Ukrainaga Rossiya tahdidlaridan himoyalanish uchun kerak. "Ukraina ittifoqchilari Rossiyaning harakatlariga javoban murakkab va qat`iy choralar ko`rishi kerak "deydi Ukraina rahbari. NATO bosh kotibi esa o`z navbatida Ukrainani qo`llab- quvvatlash uchun barcha choralar tayyorligini bildirdi.






