Fransiyaning Strasburg shahridagi yangi yil bozorida bundan 2 kun avval sodir bo`lgan terrorchilik hujumi oqibatida halok bo`lganlar xotirasiga bag`ishlangan xotira marosimi bo`lib o`tmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.
Marosimda qurbonlarning yaqinlaridan tashqari, ko`p sonli shahar aholisi ishtirok etdi. Bu erda barcha din vakillari to`planishdi. Odamlarning ta`kidlashicha, ushbu voqea shahar aholisini birlashtirgan.






