Amerikaning Nyu-York shtati, Log-Aylend orolidagi Saffolk okrugida yashovchi Mayk Keroll uyining erto`lasidan bedarak yo`qolgan otasining suyaklarini topdi, deb yozmoqda lenta.ru nashri.
DNK tekshiruvlari bu suyaklar uning otasiga tegishli ekanligini tasdiqladi.
Mayk Keroll (Mike Carroll) va uning bolalari mazkur suyaklarni 31 oktyabr, ya`ni Xellouin bayramida uyidagi erto`ladan topgan. 12 dekabr kuni esa polisiya bu jasad qoldig`i uning otasiga tegishli ekanligini ma`lum qildi. “Bu juda dahshatli voqea, o`zimni qo`lga olishga harakat qilyapman”, dedi Keroll.
Erkakning otasi - Koreya urushi qatnashchisi Jorj Keroll 1961 yilda, o`g`li Mayk 8 oylik bo`lganida bedarak yo`qolgan. Mayk bir umr onasidan otasining bedarak yo`qolish sabablarini so`ragan. Biroq tayinli javob ololmagan. Folbin esa otasini uydan qidirishi lozimligini, u boshiga urilgan to`mtoq jismdan halok bo`lganligini aytgan. 1998 yilda onasining uyiga ko`chib o`tgan Mayk 20 yil davomida erto`lani kavlab, jasad qoldiqlarini qidirgan.
Polisiya haqiqatan ham Maykning otasi boshiga to`mtoq jismdan zarba berilganligini tasdiqladi. O`g`il otasining qotilini qidirishdan bosh tortdi. Jasad topilishining o`zini “adolat tantanasi” deb qabul qildi.






