1

Ronaldu Primeroning o`tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi

Sport 28.10.2014, 09:28
Ronaldu Primeroning o`tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi

Ispaniyada o`tgan mavsumning eng yaxshilari uchun belgilangan sovrinlarni o`z egalariga topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

Unga ko`ra “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2013/14 yilgi mavsumning eng yaxshi hujumchisi deya e`tirof etildi. Bundan tashqari, portugaliyalik hujumchining “Valensiya”ga kiritgan goli “mavsumning eng chiroyli goli” deya tan olindi. Shuningdek, Ronaldu o`tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deb e`lon qilindi.

Mavsumning eng yaxshi murabbiyi uchun belgilangan sovrin esa “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeonega topshirildi.

Primeroning eng yaxshi afrikalik futbolchisi “Granada” tarkibida ijara asosida to`p surgan "Portu" yarim himoyachisi Yasin Braimi bo`ldi. Eng yaxshi janubiy amerikalik futbolchiga atalgan sovrin esa “Sevilya”dagi Karlos Bakkaga nasib etdi.

Manba: www.championat.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1