“Milan” prezidenti Paolo Skaronining 10 ming evro puli bo`lgan jomadonini o`g`irlashdi, deb xabar bermoqda Segodnya nashri.
Skaroni mashinadan qo`lida pul bilan tushgan. Shu payt o`g`ri jomadonni tortib olib qochib ketgan. Skaroni haydovchisi o`g`riga etib olishga harakat qilgan, ammo bir ayol uning yo`lini to`sgan, aftidan, u o`g`riga sherik bo`lgan.
Keyinroq polisiya tomonidan jomadon topilgan, lekin ichida hujjatdan bo`lak hech vaqo bo`lmagan.






