"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 9-turidagi Madridning “Real” klubiga qarshi o`yin oldidan og`riq qoldiruvchi vosita iste`mol qilmagan, deya xabar beradi kataloniyaliklar matbuot xizmati.
Ilgariroq ispan OAVda 27 yoshli argentinalik hujumchining “klasiko” oldidan og`riqqoldiruvchi hapdori iste`mol qilgani aytilgandi. O`yindan bir necha kun avval futbolchining o`zi ham mashg`ulot paytida tovonida og`riq bo`lganini aytib o`tgan.
"Barselona" tvitterining yozishicha, kecha dushanba kuni Messi jamoaning umumiy mashg`ulotlarida qatnashmasdan yakka tartibda shug`ullangan.
28.10.2014 09:43





