Gvatemalalik etti yoshli qochoq qizcha vafot etdi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Jakelin Amei Rozmeri Kaal Maken otasi va 160 nafar migrantlar bilan birgalikda Nyu-Meksiko chegarasidan AQShga o`tishayotganda, qo`lga olingan. Chegarachilar tomonidan qo`lga olingach, ular avtobusga chiqarilgan. Jakelin esa o`zini yomon his eta boshlagan. Uning otasi bu haqda chegarachilarga xabar bergan. Ammo keyingi punktgacha bir yarim soatlik yo`l bor edi. Oqibatda tibbiy xizmat etishmasligi tufayli qizaloq olamdan o`tgan.






