AsosiyDunyo

2018 yilning eng ko`p qalam haqi olgan yozuvchilari e`lon qilindi

'2018 yilning eng ko`p qalam haqi olgan yozuvchilari e`lon qilindi 'ning rasmi

“Forbs” jurnali 2018 yilning eng ko`p qalam haqi olgan yozuvchilari ro`yxatini e`lon qildi, deya xabar qildi Soyuz.ru nashri.

Ro`yxatda inspektor Aleks Kross haqida romanlar yozgan Jeyms Patterson etakchilik qilmoqda.

Ikkinchi o`rinda esa Garri Potterning “onasi” Joanna Roulingdir.

Uchinchi o`rin esa o`sha mashhur Stiven Kingga nasib etgan.

Shuningdek, ro`yxatdan Jon Grishem (“Firma”), Jeff Kinni (“Lapashangning kundaligi”), Den Braun (“Inferno”), Maykl Volf (“Olov va g`azab”), Daniela Stil (“Vaqt so`ngiga qadar”), Nora Roberts (“Axloqsiz mas`umlik”), Rik Riordan (“Persi Jekson va olimpiyaliklar”) va E. L. Jeyms (“Kulrangning ellik xil tovlanishi”) ham o`rin olgan.

    Boshqa yangiliklar