"Vilyarreal" rahbariyati futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi hamda Rossiyaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisovga qiziqmoqda, deya xabar beradi Transfermarketweb. Transfer bahosi 5 million evro.
Sport-Ekspress nashri ma`lumotiga ko`ra, Denisovning “Loko” bilan shartnomasi 2015 yilning dekabr oyigacha amal qiladi. U 2013 yilning yanvarida erkin agent sifatida ushbu klubga kelib qo`shilgan edi. Bu mavsumda Denisov 10 ta o`yinda maydonga tushdi va ikkita aniq to`p oshirdi.





