Britaniyaning Dazed jurnali 2018 yilning eng so`nggi urfda kiyinuvchilar ro`yxatini e`lon qildi, deya ma`lum qildi Lenta.ru nashri.
Ro`yxatning birinchi o`rnida “Pashsha” filmidagi roli bilan mashhur bo`lgan aktyor Jeff Goldblyumdir. Uning kiyim javonida yuzlab “Prada”ning ko`ylaklarini topish mumkin.
Ikkinchi o`rinda – amerikalik xip-xop ijrochi Kardi Bi bo`lsa, uchinchi o`rin yana bir honanda Eloiza Letisega nasib etgan.
Keyingi o`rinlarda Jastin Biber, aktyor Deniel Dey-Lyuis ham bor.






