AsosiyJamiyat

"Toshkent-Moskva" yo`nalishidagi yangi poezd chiptalari narxi ma`lum qilindi

'"Toshkent-Moskva" yo`nalishidagi yangi poezd chiptalari narxi ma`lum qilindi'ning rasmi

14 dekabrdan 350/349–sonli "Toshkent-Moskva" yo`nalishida yangi poezd qatnovi yo`lga qo`yildi. “O`zbekiston temir yo`llari” AJ chiptalar narxini ma`lum qildi.

Unga ko`ra:

Plaskart (227 o`rin) – 1 196 482 so`m;

Kupe (26 o`rin) – 1 867917 so`m;

Lyuks (16 o`rin) – 2 838 347 so`m.

Qatnovlar haftasiga bir marta (juma kuni) amalga oshiriladi. Poezd Samarqand, Navoiy, Buxoro va Nukus shaharlaridan o`tib, Qoraqalpog`iston temir yo`l stansiyasi orqali harakatlanadi.

Toshkent-Moskva-Toshkent poezdi mahalliy vaqt bilan 18-54da jo`naydi va 79 soatdan so`ng, Moskva vaqti bilan soat 00-00da Rossiya poytaxtining Qozon vokzaliga etib boradi.

Eslatib o`tamiz, shu vaqtgacha O`zbekistondan Rossiya poytaxtiga Toshkent-Moskva va Andijon-Moskva yo`nalishlarida poezdlar harakatlanayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar