AsosiySport

Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasining mukofot jamg`armasi 14,8 million dollarni tashkil etdi

'Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasining mukofot jamg`armasi 14,8 million dollarni tashkil etdi'ning rasmi

Osiyo Kubogi yo`llanmasini qo`lga kiritgan har bir terma jamoa mukofotlantiriladi.

Jumladan, Birlashgan Arab Amirliklariga boradigan 24 mamlakat termalariga 200 ming dollardan pul mukofoti taqdim etiladi.

Yarim finalga chiqqan to`rtta terma jamoaga esa 1 million dollar miqdorida pul beriladi. Finalda to`p surgan termalarning hisob raqamlari ham ancha boyiydi.

c4e98466-7509-4f09-97d5-0cb71e902d83.jpg

Xususan, kumush medal sohiblari 3 million dollarga ega bo`lishsa, musobaqa g`olibi katta mablag` – 5 million dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, g`olib terma jamoaga 15 kilogrammlik, toza kumushdan yasalgan kubok ham topshiriladi.

Alohida qayd etish joizki, Osiyo Kubogi 2019 musobaqasining umumiy mukofot jamg`armasi 14,8 million dollarni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar