Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan zavodning tom qismi qulab tushdi, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Ushbu hodisa oqibatida 3 kishi qurbon bo`lgani va 4 nafar kishi tan jarohati olgani xabar qilinmoqda. Jabrlanganlar kasalxonaga olib ketilgan. 130 kvadrat metr maydon esa vayronaga aylandi.
Dastlabki ma`lumotlarga qaraganda, falokatga binoni ta`mirlash vaqtida xavfsizlik qoidalariga amal qilinmagani sabab bo`lgan.






