Professional boksning super engil (63,5 kg.) vazn toifasida ringga ko`tarilayotgan o`zbekistonlik bokschi Fazliddin G`oibnazarovning navbatdagi jang sanasi ma`lum bo`ldi.
Bokschining ma`lum qilishicha, u 2019 yil 18 yanvar kuni Dominikan Respublikasi vakili Rikardo Garsiyaga qarshi jang o`tkazadi. 8 raundga mo`ljallangan mazkur jang AQShning Viskonsin shtati, Verona shahrida joylashgan "Turning Stone Resort & Casino" sport saroyida bo`lib o`tadi.
Ma`lumot uchun, 32 yoshli Rikardo Garsiya shu kunga qadar professional boksda 19 ta jang o`tkazgan bo`lib, ularning 14 tasida g`alaba (9 nokaut) qozongan, 1 durang va 4 mag`lubiyat qayd etgan.
Fazliddin G`oibnazarov esa professional boksda 6 ta jang o`tkazib, ularning barchasida (3 tasini nokaut bilan) g`alaba qozongan.






