Namangan shahar Yoshlar markazida iste`dodli bokschi Murodjon Ahmadaliev bilan uchrashuv o`tkazildi.
Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda boks ixlosmandlari, sportchi yoshlar ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O`zA.
Namanganlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliev 2015 yilda Qatarning Doxa shahrida o`tkazilgan XVIII jahon chempionatida va Osiyo chempionatida kumush, 2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida o`tkazilgan XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarida bronza medaliga sazovor bo`lgan. 2017 yili Toshkent shahrida bo`lib o`tgan Osiyo chempionatida birinchi o`rinni egallagan bo`lsa, joriy yilda professional boks bo`yicha jahon chempionligini qo`lga kiritgan.
Suhbat davomida M.Ahmadaliev sportda erishgan muvaffaqiyatlari haqida gapirdi, muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.






