"Manchester Yunayted" rahbariyati 45 yoshli norvegiyalik mutaxassis, klubning sobiq futbolchisi Ole-Gunnar Sulsherni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida e`lon qildi.
Klub rasmiy sayti bergan ma`lumotga ko`ra, Ole-Gunnar Sulsher jamoani mavsum oxirigacha boshqarib turadi.
Ma`lumot uchun, Sulsher "Manchester Yunayted" safida 1996 yildan 2007 yilgacha 366 o`yinda maydonga tushib 126 gol urgan.
Shuningdek, u jamoa bilan jami 12 sovrin qo`lga kiritgan, shu jumladan 6 marta Angliya chempioni, bir marta EChL g`olibi bo`lgan.






