AsosiySport

O`zbekiston dzyudo federasiyasiga yangi rais saylandi

'O`zbekiston dzyudo federasiyasiga yangi rais saylandi'ning rasmi

Bugun, 20 dekabr kuni O`zbekiston dzyudo federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o`rinbosari Oybek Kasimov, O`zbekiston dzyudo federasiyasi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Yig`ilish kun tartibidan o`rin olgan asosiy masalalar tashkilotga yangi rais saylab olishdan iborat edi. Shuni inobatga olgan holda federasiya rahbarligiga Aziz Kamilov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari taqdim etilgan nomzodni qo`llab-quvvatlashdi va shu tariqa Aziz Kamilov O`zbekiston dzyudo federasiyasining yangi raisi lavozimiga saylandi. Jamshid Nasriddinov esa federasiya bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan bo`ldi.

Konferensiya davomida so`zga chiqqan Umid Ahmadjonov yangi rahbariyat oldiga mamlakatimizda dzyudo ommaviyligini oshirish, Tokio Olimpiadasida delegasiyamiz hisobiga oltin medalni taqdim etish vazifasini qo`ydi.

O`z navbatida buning uchun Milliy olimpiya qo`mitasi tomonidan etarli shart-sharoitlar yaratib berilishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar