1

O`zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to`g`risida yangi ma`lumot e`lon qilindi

Iqtisodiyot 20.12.2018, 17:02
O`zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to`g`risida yangi ma`lumot e`lon qilindi

Markaziy bank 2018 yil 1 dekabr holatiga O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma`lumotni e`lon qildi.

Unga ko`ra, 2018 yil 1 noyabr holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 25 983,0 million AQSh dollari (2018 yil 1 noyabr holatiga 26 494,1 million AQSh dollari, o`tgan oyga nisbatan 511,1 million AQSh dollariga kamaydi), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 11 016,0 million AQSh dollari, monetar oltin — 14 966,9 million AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 291,7 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1 noyabr holatiga 25 716,4 million AQSh dollari).

Markaziy bank izohiga ko`ra, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1220,45 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta`siri - 823,2 mln.doll.)

Eslatib o`tamiz, Markaziy bank tomonidan oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag`larini, ya`ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1