Boxofficemojo portali kinematografiya tarixidagi eng kassabop filmlar ro`yxatini yangilangan holda taqdim etdi.
Manbaga ko`ra, "Transformerlar-4" filmi 1,087 milliard dollar bilan ushbu ro`yxatning 10-qatoridan o`rin olgan. Undan keyin “Qora risar: Afsonaning tug`ilishi” filmi 1,084 milliard dollar bilan turibdi.
To`qqizinchi o`rinni 1.108 millard dollar to`plagan Jeyms Bond 007 haqidagi “Skayfoll koordinatlari” filmi egalladi.
Ro`yxatning sakkizinchi o`rnida 1,119.9 milliard bilan “Uzuklar hukmdori: qirolning qaytishi”, ettinchi o`rinda esa "Transformerlar: oyning qorong`u tomoni " 1,123.8 milliard dollar bilan turibdi.
Oltinchi “Temir odam” (1.215.4 millard dollar), beshinchi esa "Sovuq yurak" (1,274.2 milliard dollar).
To`rtinchi o`rinni “Garri Poter va o`lim tuhfasi” (1,341.5milliard) undan keyin esa "Qasoskor" (1,518.6 milliard). Ikkinchi va birinchi o`rinlari Jeyms Kemeronning “Titanik” (2,186.8 milliard dollar) va "Avatar" (2,788.0 milliard dollar) filmlari egallagan.





