AsosiySport

Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini engilmas bokschiga qarshi o`tkazadi

'Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini engilmas bokschiga qarshi o`tkazadi'ning rasmi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev 2019 yilning 23 fevralida Nyu-York shahrida o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi.

Ushbu bahsda charm qo`lqop ustamizda amerikalik engilmas bokschi Maykl Foks raqiblik qiladi.

Ma`lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional boksda 16 ta jang o`tkazgan va ularning barchasida g`alaba qozongan (15 tasi nokaut bilan). Foks esa prof ringda 19 marotaba jang qilib, ularning barchasida raqiblarini taslim etgan. Janglarining 5 tasida u muddatidan oldin g`alaba qozongan.

    Boshqa yangiliklar