AQSh federal aviasiya boshqarmasi uchuvchisiz uchadigan apparatlar va radioboshqaruv orqali boshqariladigan samolet modellarining futbol maydonlari uzra hamda uning atrofida uchishini rasman taqiqladi. Bu haqdagi xabar seshanba kuni boshqarma saytida paydo bo`ldi.
Gap 2001 yili 11 sentyabr kuni Nyu-Yorkda sodir bo`lgan teraktdan keyin chiqarilgan qoidalar haqida ketmoqda. Hujjatning avvaligi variantida uchuvchilarsiz vositalar haqida hech narsa deyilmagandi. Qoidabuzarlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin, deb yozadi TASS.