AsosiyDunyo

Nyu-Yorklik ayol 10 soatda 108 erkakning e`tiboriga tushdi

Amerikalik ayol Nyu-York bo`ylab 10 soatlik sayohatga chiqdi. Bundan maqsad ana shu vaqt ichida necha marta shilqimlikka uchrashini bilish edi. Bu tajribani Hollaback faollari o`tkazdi, deb yozmoqda The New York Post.

24 yoshli Shoshana Roberts oddiy kiyim kiygan holda Manxetten ko`chalari bo`ylab o`tdi. Oldinda uning do`sti Rob Bliss yurar va uning sumkasiga yashirin kamera o`rnatilgan edi.

Tasvirlarni ko`rish davomida faollar 10 soatlik sayohat davoimda ayolga 108 marta shilqimlik qilishganligini aniqlashdi. Bu erda hushtak chalishlar yoki ko`z qisishlar hisobga olinmagan. Ulardan biri ayolni bir necha daqiqa kuzatib borgan.

Adolat uchun aytish kerakki, ba`zi holatlarda uni haqoratlashlar ham uchradi. Ba`zilar unga yaxshi kun tilashdi, hattoki kulishini iltimos qilishdi.

Faollarning so`zlariga ko`ra, bu tajribani o`tkazishdan maqsad ayollarning har kuni boshidan kechiradigan holatlarini ob`ektiv ko`rsatishdir, deb yozadi The Huffington Post.

    Boshqa yangiliklar