Koreya xalq demokratik respublikasi Janubiy Koreya tomonidan 30 oktyabr kuni ikki mamlakat o`rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvni o`tkazish taklifini rad qildi.
Renxap agentligining Janubiy Koreya birlashgan vazirligi vakilining ma`lumotiga tayangan holda xabar qilishicha, KXDR Davlat mudofaa komiteti Seulga yaqinda Janubiy Koreya hududida Shimoliy Koreyaga qarshi varaqalar osilgan sharlarning uchirilganligi bo`yicha norozilik bildirilgan faksogrammani yuborgan.
Ma`lumot berilishicha, aynan mana shu norozilik Pxenyanning Seul bergan taklifiga nisbatan javobidir.





