AsosiyDunyo

Britaniyalik deputat o`smir bilan janjal sabab qamoqqa olindi

O`zining shiddatli fe`l-atvori, shuningdek alkogolli ichimliklarga qarshi munosabatlari bilan ma`lum va mashhur quyi palata deputati Erik Joys keyingi uch yil davomida to`rt marta qamoqqa olindi. Bu haqda London polisiyasi xabar bermoqda.

Tartib posbonlarining so`zlariga ko`ra, voqea 17 oktyabr kuni o`zining bar va restoranlari bilan mashhur Londonning Kemden hududida sodir bo`lgan. Bu safar Joys 15 yoshli o`smir bilan janjallashib qolganligi uchun qamoqqa olinganligi xabar berilmoqda.

Siyosatchining o`zi ta`kidlashicha, bu shunchaki muvaffaqiyatsiz uchrashuvdir va u o`zini aslo aybdor deb hisoblamaydi.

    Boshqa yangiliklar