Zambiya prezidenti Maykl Chilufya Sata Britaniya poytaxtida olamdan ko`z yumdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bermoqda.
Davlat rahbari Londonda 21 oktyabrdan beri davolanayotgan edi. Shu bilan birga 77 yoshli prezidentning sog`lig`ida qanday muammo bo`lganligi haqida ma`lumot berilmagan.
Afrika hukumati hozircha bu xabarga izoh bergani yo`q.
Avvalroq, mamlakat rahbarining ma`muri bergan ma`lumotiga ko`ra, Sata respublikaning birinchi xonimi Kristin Kaseba hamrohligida tibbiy tekshiruvlar o`tkazish uchun xorijga chiqqan.
O`tgan oyda o`zini yomon his qilgani uchun prezident Nyu-Yorkda bo`lib o`tgan BMT Bosh assambleyasining 69-sessiyasida chiqish qila olmagan edi. Uning mehmonxonadagi nomeriga AQSh tibbiy xizmat xodimlari chaqirilib, uni kasalxonaga tekshiruv o`tkazish uchun olib ketishgan.
Uch oy davomida jamoatchilik oldida ko`rinish bermagan Sata bir hafta oldin Lusakada parlament sessiyasini ochib bergandi.
Maykl Chilufya Sata davlat rahbarligi vazifasini 2011 yilning sentyabr oyida boshlagandi. Zambiyada keyingi saylovlar 2016 yilda o`tkazilishi rejalashtirilgan bo`lib, biroq favqulodda vaziyat sabab 90 kun ichida bo`lib o`tadi.





