AsosiySport

Fazliddin G`oibnazarov yanvarda AQShda jang o`tkazadi

'Fazliddin G`oibnazarov yanvarda AQShda jang o`tkazadi'ning rasmi

Riodagi Olimpiya o`yinlari g`olibi, bugungi kunda professional ringda faoliyat olib borayotgan charm qo`lqop ustasi Fazliddin G`oibnazarov faoliyatidagi ettinchi jangini yanvar oyida o`tkazadi, deb xabar qildi O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati.

Ma`lum bo`lishicha, Fazliddin 18 yanvar kuni Amerika Qo`shma Shtatlarida Dominikan Respublikasi bokschisi Rikardo Garsiyaga qarshi jang o`tkazadi.

Ma`lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o`z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g`alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag`lub bo`lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar