AsosiySport

JCh-2018 musobaqasining rasmiy ramzi tanishtirildi

Kecha 2018 yilda Rossiya Federasiyasida bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha Jahon chempionatining rasmiy emblemasi tanishtirildi.

Tanishtiruv marosimida FIFA prezidenti Yozef Blatter, Italiya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionligiga erishgan Fabio Kannavaro va Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko ishtirok etishdi.

“Rossiya-2018” tashkiliy qo`mitasi mazkur rasmiy emblemada Rossiyaning kosmosni zabt etishi, rus xalqining tasviriy san`at mahorati va futbolga bo`lgan muhabbatini ifodalashini qayd etib o`tdi.

Ushbu logotip maxsus hay`at tomonidan ko`plab namunalar ichidan tanlab olindi. Hay`at tarkibiga quyidagi mas`ul shaxslar kiritilgandi: FIFA bosh kotibi Jerom Valke, Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko, Rossiya terma jamoasi darvozaboni Igor Akinfeev, tashkiliy qo`mita bosh direktori Aleksey Sorokin, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello, VGTRK vakili Oleg Droboedov, pianinochi Denis Masuev, dirijyor Valeriy Gyorgiev, aktrisa Cho`lpon Xamatova.

Manba: www.sport-express.ru   

    Boshqa yangiliklar