Kecha, 23 dekabr kuni Toshkent shahrida taekvondo WTF bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi.
«Universal» sport saroyi mezbonlik qilgan mamlakat birinchiligida Respublikamizning turli hududlaridan 350 nafarga yaqin sportchi sovrinli o`rinlar uchun kurash olib bordi.
E`tiboringizga o`z vazn toifasida oltin medalga ega chiqqan sportchilar ro`yxatini taqdim etamiz:
Ayollar:
-46 kg: Nafisa Qamchibekova
-49 kg: Madina Mannopova
-53 kg: Charos Qayumova
-57 kg: Zariya Kasimova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
-73 kg: Maftuna Ergasheva
+73 kg: Svetlana Osipova
Erkaklar:
-54 kg: Valentin Xegay
-58 kg: Suhrob Bobobekov
-63 kg: Sardor Toirov
-68 kg: Hojiakbar Zokirov
-74 kg: Islomjon Adhamov
-80 kg: Shuhrat Salaev
-87 kg: Davron Azimov
+87 kg: Shohruh Rajabov.






