Rossiyada yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan turli tadbirlar o`tkazilmoqda, deya ma`lum qilmoqda Segodnya.ua nashri.
Shulardan biri poytaxt Moskvada start olgan qorbobolar ishtirokidagi yugurish marafonidir. Mazkur xayriya tadbirida ko`ngilli qorbobolar qatnashdi. Finish chizig`ini kesib o`tgan har bir yuguruvchi esa maxsus medal bilan taqdirlandi. Qorbobolarning ta`kidlashicha, bu marafon shahar ahliga bayramona kayfiyat ulashish bilan birga, salomatlik uchun ham foydalidir.






