FIFA prezidenti Yozef Blatter JCh-2018 tashkiliy qo`mitasi kuzatish kengashiningmajlisida musobaqaning Rossiyada o`tishiga hamma ham xursand emasligini ma`lum qildi.
"Rossiyaning JCh-2018 mezbonligini hozirgacha xato deb hisoblayotgan bitta mamlakat bor. Bu mamlakatda futbolni o`ylab topishgan. Halol o`yin degan tushuncha bor. Yutqazishni ham bilish kerak.
Ta`kidlash kerakki, bu Rossiyaning Jahon chempionati emas, balki Rossiyada o`tadigan Jahon chempionati. Bu FIFA va Rossiyaning qo`shma musobaqasi. Biz sizlarga ishonamiz, sizlar bizga ishonasiz. Kimki Rossiyada o`tadigan Jahon chmpionatiga boykot e`lon qilsa, mening ularga javobim shu: "Aksincha, hamma birlashishi kerak, hamm kelishi kerak. Bu musobaqa Rossiyagagina emas, butun dunyoga ishonch beradi", - deydi Blatter.





