Italiyaning Pompeya shahrida arxeologlar bir nechta otlarning qoldiqlarini topishdi, deya xabar qildi Mixnews nashri.
Jonivorlar yog`och va bronzadan ishlangan egarlar bilan ko`milgan. Bu otlar Qadimgi Rimda yuqori martabali harbiylarga xizmat qilgan. Ular jang vaqtida halok bo`lgan, degan taxminlar bor. Ushbu hududda bundan avval ham qadimiy buyumlar topilgan edi. Arxeologlar yaqin orada bu erni sayyohlar uchun ochiq hududga aylantirishni rejalashtirishmoqda.






