Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida an`anaviy go`sht auksioni bo`lib o`tdi, deya ma`lum qilmoqda Ntv.ru nashri.
Bu tadbir har Yangi yil arafasida tashkil etiladi. Go`sht bozoriga mamlakatning barcha hududlaridan eng sara go`sht mahsulotlari keltirilgan. Shu kuni ularning narxi supermarketlarga qaraganda 50-60 % arzonlashtiriladi.
Ma`lumotlarga qaraganda, bu yilgi auksionda 16 tonna to`ng`iz go`shti, xuddi shuncha mol go`shti, qo`zi va kurka go`shti sotilgan.






