AsosiyShou-biznes

Beyonse haqidagi kitob 2015 yilda nashrdan chiqadi

Beyonse haqidagi birinchi biografik kitob chop etishga tayyorlanmoqda, deya xabar bermoqda apelzin.ru. Ushbu kitob “Grand Central Books” nashriyoti tomonidan 2015 yilning kuzida sotuvga chiqariladi.

Biografiya muallifi Madonna, Maykl Jekson va Merilin Monro haqidagi kitoblari bilan mashhur yozuvchi Rendi Taraborelli.

Nashrga Beyonsning bolalik davrlari ham kiritiladi.

“Beyonse hayoti juda hayratlanarli va ko`pchilikka ilhom beradi. O`quvchilar hammasini batafsil bilishni istashlarini bilaman”, - deyiladi press-relizda.

Kitobning chop etilishi bo`yicha aniq sana yaqin kunlarda ma`lum qilinadi.

    Boshqa yangiliklar