Boliviya poytaxti La-Pazda Yangi yil munosabati bilan ulkan taom tayyorlandi, deya xabar berdi Day.Az nashri.
Boliviyaliklarning milliy taomi bo`lgan axa-de-fideoni tayyorlash uchun 350 nafar oshpazlar jalb qilingan. Taom bir necha soatda pishdi va u shahar aholisiga tarqatildi. Ma`lumotlarga ko`ra, axa-de-fideoni tayyorlash rekord natija sifatida qayd etilgan.






