AQShning Florida shtatida mini samolyot halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Vesti nashri.
Havo layneri Mayami plyajiga qulagan. Ma`lumotlarga ko`ra, samolyot parvozni boshlagandan so`ng bortda nosozlik borligi aniqlangan. Shundan so`ng u pastga qarab sho`ng`ishni boshlagan. Voqea oqibatida 4 kishi jarohat olgani xabar qilinmoqda.






