Kubada elektr poezdi halokatga uchradi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.
Yo`lovchi tashuvchi poezdning 2 ta vagoni relsdan chiqib ketgan. Hududda ish olib borgan favqulodda vaziyatlar xodimlari odamlarni vagonlardan olib chiqishgan. Voqea tufayli 3 kishi yaralanib, shifoxonaga olib ketildi. Dastlabki ma`lumotlarga qaraganda, hodisaga yo`lning suv bosgani sabab bo`lgan.






