“Taxt o`yinlari”ning eng mashhur qahramoni ma`lum qilindi, deya ta`kidlamoqda Rambler nashri.
“Taxt o`yinlari”ning yakunlovchi qismlari ekranlarga chiqarilishidan avval mutaxassislar serialning qaysi qahramonida muxlislari ko`pligini bilish maqsadida so`rovnoma o`tkazishdi.
Ko`pchilik Jon Snouni serial ixlosmandlarining sevimli personaji deb kutgan edi. Ammo bunday bo`lmadi. Ma`lum bo`lshicha, “Taxt o`yinlari”ning eng mashhur personaji aktyor Piter Dinkleyj ijro etgan Tirion Lannister bo`lib chiqdi.
Serialning yakunlovchi qismlari 2019 yilning aprel oyida namoyish etila boshlaydi.






