1

Mirjalol Qosimov KXDR o`yinlarini kuzatish uchun Dubayga uchib ketdi

Sport 29.10.2014, 17:19
Mirjalol Qosimov KXDR o`yinlarini kuzatish uchun Dubayga uchib ketdi

Osiyo Kubogi — 2015da O`zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan KXDR terma jamoasi ayni kunlarda BAAda yig`in o`tkazmoqda. Yig`in davomida koreyaliklarning bir qancha o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Stadion.uz.

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ham raqibni yaqindan o`rganish maqsadida Dubayga uchib ketdi. Bu haqda «Bunyodkor» klubi matbuot xizmati vakili Abror Imomxo`jaev o`zining Twitter’dagi sahifasi orqali xabar tarqatdi.

Bosh murabbiy 31 oktyabrda o`tkaziladigan KXDR — Quvayt hamda 2 noyabr kuni bo`lib o`tadigan KXDR — Bahrayn uchrashuvlarini bevosita stadiondan kuzatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1