Amerikaning Ogayo shtatidagi harbiy bazada uchar likopchaga o`xshab ketadigan uchburchak ob`ekt suratga olindi, deya yozmoqda RIA novosti nashri.
Amerikalik ufologlardan biri Ogayo shtatida suratga olingan uchar likopchaga o`xshab ketadigan ob`ektning suratini ijtimoiiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi. Uning aytishicha, uchburchakdan taralayotgan yorug`lik juda kuchli bo`lganligi sababli unga tikilib qarashning iloji bo`lmagan.
Nashrning xabar berishicha, so`nggi vaqtlarda Ogayo osmonida bunday uchar ob`ektlarni ko`rish odatiy holga aylangan.






