AsosiyDunyo

Lukashenko Yangi yil sovg`asi sifatida Putinga 4 qop kartoshka berdi

'Lukashenko Yangi yil sovg`asi sifatida Putinga 4 qop kartoshka berdi'ning rasmi

Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Yangi yil sovg`asi sifatida 4 qop kartoshka berdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Bu haqda Belorussiya prezidentining matbuot kotibi Natalya Eysmont ma`lumot bergan. Uning ma`lum qilishicha, Rossiya prezidentining maxsus buyurtmasiga asosan mazkur qoplarga turli navlardagi kartoshkalar joylashtirilgan. Kartoshkalarning har bir navi o`ziga xos, ularning ma`lum bir navi faqat qovurish, ba`zilari qaynatib pyure qilish uchun mo`ljallangan.

Bundan tashqari, Lukashenko MDH rahbarlariga ham maxsus, qo`lda yasalgan archa sharchalarini sovg`a sifatida taqdim etgan.

    Boshqa yangiliklar