Yangi yil sovg`asidan ko`ngli to`lmagan to`qqiz yoshli bolakay polisiyaga qo`ng`iroq qildi, deb yozdi Lenta ru nashri.
Mazkur voqea Germaniyaning Setel shahrida ro`y berdi. Voqea joyiga etib kelgan polisiyachilar jahl otiga mingan bolakayga duch kelishdi. U huquq-tartibot idorasi xodimlariga umuman boshqa sovg`a olishni istaganligini ma`lum qildi.
Shikoyat yuzasidan “tekshiruv” o`tkazgan polisiyachilar haqiqatan ham archa tagida bola istagan sovg`a yo`qligini aniqlashdi. Ular bolani “Qorbobo keksayib, xotirasi sustlashib qolgani bois sovg`alarni adashtirib qo`ygan”, deb tinchlantirishdi.






