AsosiySport

O`zbekiston ot sportini rivojlantirishda Ummon bilan yaqindan hamkorlik qiladi

'O`zbekiston ot sportini rivojlantirishda Ummon bilan yaqindan hamkorlik qiladi'ning rasmi

1 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi elchisi Anvar Abduhalimov mamlakat ot sporti federasiyasi prezidenti Al Said Munzir bin Sayf bin Hamad al Busaidi bilan uchrashuv o`tkazdi. Bungacha Al Said Munzir sentyabr oyida yurtimizga tashrif buyurib, ot sportini rivojlantirishda mamlakatlar o`rtasida hamkorlikni kuchaytirish bo`yicha muzokara olib borgandi.

Tashkil etilgan uchrashuvda ham O`zbekistonda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish istiqbollari, o`zbekistonlik mutaxassislarning malaka oshirish dasturlarida ishtirok etishi, ummonlik chavandozlarning O`zbekistondagi musobaqalarda qatnashishi masalalari muhokama qilindi.

2019-2020 yillarda O`zbekistonda ot sporti maktablarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Uchrashuvda elchi Abduhalimov mazkur islohotlarda ummonlik do`stlar faol ishtirok etishlariga umid qilishini aytib o`tdi.

Shuningdek, maktablarda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham sharoitlar yaratishga alohida e`tibor qaratiladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida otxonalar quriladi, otlar uchun maxsus inventarlar xarid qilinadi.

    Boshqa yangiliklar